
50.5K
Downloads
67
Episodes
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.
Episodes

Dec 26, 2025
Dec 26, 2025
1 hr 9 min
Bir kam dunyo yoki "false dichotomy" haqida ekologiya va energetika misolida.
Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-us
Podkast yozilgan sana: 22- dekabr 2025 yil.

Nov 26, 2025
Nov 26, 2025
50 min
Ushbu epizodda iqtisodiyotdagi fundamental tushunchalardan biri ma'naviy xatar haqida gaplashdik. Bu tushuncha sug'urta bozoridan tortib, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozgacha bo'lgan barcha jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu epizod 48 sonli epizodda gaplashilgan axborot assimetriyasi mavzusining davomi. O'tqazib yuborgan bo'lsangiz uni ham tomosha qilishni tavsiya etamiz: https://youtu.be/wyjglQwPfZc
Podkast yozilgan sana: 24 - noyabr 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori: AQShdan O'zbekistonga va O’zbekistondan AQShga turli xil yuklarni yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi "Yellow" va kargo kompaniya "ALIF UZ CORP".
https://yellowwayinc.com/
https://www.instagram.com/yellowincofficial/
https://www.instagram.com/alifuzcorp/

Oct 31, 2025
Oct 31, 2025
1 hr 12 min
Podkastimizning ushbu epizodi Kaliforniyada, Stenford Universiteti kampusida jonli yozildi. Suhbatimiz Kremniy vodiysida bo'lar ekan, tabiiyki sun'iy idrok, uning shiddat bilan rivojlanishi, uning kapital taqsimoti, mehnat bozoriga, ish jarayoni, va umuman insonlar hayotiga ta'siri haqida gaplashdik.
Podkast yozilgan joy va sana: 11 - oktyabr 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori: AQShdan O'zbekistonga va O’zbekistondan AQShga turli xil yuklarni yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi "Yellow" va kargo kompaniya "ALIF UZ CORP".
https://yellowwayinc.com/
https://www.instagram.com/yellowincofficial/
https://www.instagram.com/alifuzcorp/

Aug 27, 2025
Aug 27, 2025
1 hr 18 min
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi oxirgi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, so'm-dollar kursi; universitetlarda kuzgi semestr boshlangani va universitetlarning maqsadi, ayniqsa hozirgi AI zamonida; AQSh Markaziy Banki rahbari ishdan olinishi; O'zbekistonga mashinalar importi va Qozog'iston haqida suhbatlashdik.
Podkast yozilgan sana: 27 - Avgust 2025 yil.
Podkastimizga hamkorlik takliflaringiz mavjud bo'lsa aloqaga chiqing.

Jul 11, 2025
Jul 11, 2025
1 hr 9 min
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, Nyu York shahar hokimiga saylovlar, kim Mamdaniga ovoz berdi, UZIMEI, kitoblarga senzura, aeroportda oyoq kiyim yechish talabi bekor qilingani haqida.
Podkast yozilgan sana: 10 - Iyul 2025 yil.

May 22, 2025
May 22, 2025
1 hr 39 min
Podkastimizning navbatdagi epizodi biroz noodatiy bo‘ldi. Biz suhbatni AQShning Texas shtatida, yo‘lda ketayotib, avtomobilda jonli ravishda yozib oldik. Texasga ilk bor tashrif buyurgan Behzod o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida shtat iqtisodiyoti, nimaga insonlar va korxonalar boshqa shtatlardan Texasga ko‘chayotgani, buning sabablari va xususiyatlari haqida fikr almashdik. Tabiiyki, AQShda hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlar, xususan savdo siyosati haqida ham to‘xtaldik.
Podkast yozilgan sana: 13 - May 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Apr 7, 2025
Apr 7, 2025
1 hr 36 min
Shu yilning 2-aprelini Prezident Tramp "Ozodlik kuni" deb e'lon qildi va shu kuni keng ko'lamli tariflarni e'lon qildi. Bu qarorning tarixi, mohiyati, mantig'i va ta'siri haqida gaplashdik.
1930 yillardagi savdo urushini qo'zg'atgan va Buyuk Depressiyani chuqurlashtirgan deb esdan qolgan Smut-Houli paytidan beri mamlakat bunday tariflarni hali boshdan kechirmagan edi.
Podkast yozilgan sana: 7 - Aprel 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Mar 24, 2025
Mar 24, 2025
1 hr 27 min
Ushbu epizodda mamlakatimizda havoda va yerda yo'lovchi tashish sohasi, undagi bozorning kichikligi, faoliyat olib boradigan mahalliy, davlat va xorij korxonalari, chiptalar sotuvi, va boshqa mavjud muammolar haqida gaplashdik. Suhbat davomida o'zimiz va boshqalarning tajribalari bilan bo'lishdik.
Podkast yozilgan sana: 23 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Mar 17, 2025
Mar 17, 2025
48 min
Ushbu epizodda O'zbekistonga xorijlik, shu jumladan xitoylik investorlarning kelishi, sarmoya qilishi va tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari haqida suhbatlashdik. Nima uchun xitoylik ishbilarmonlar O'zbekistonga tahdid emasligi, bozorimiz kengayishi, raqobat jadallashishi va o'yin qoidalari barchaga bir xil tadbiq etilishi haqida gaplashdik.
Podkast yozilgan sana: 17 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Dec 30, 2024
Dec 30, 2024
1 hr 35 min
Ushbu epizodda iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarda ko'p ishlatiladigan va biz kundalik hayotimizda ko'p to'qnashadigan holat - axborot assimetriyasi haqida suhbatlashdik. Axborot assimetriyasi bir tomonning (masalan, sotuvchi yoki xaridor) boshqa tomonga qaraganda ko‘proq yoki yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishi holatini anglatadi. Ushbu nomutanosiblik tufayli bozorlar samarali ishlamay qolishi yoki bir tomon zarar ko‘rishi mumkin. Suhbat davomida nazariya va ko'p misollar keltirildi, masalan, avtomobil bozori, sug'urta, tibbiyot, mehnat bozori, moliyaviy bozorlar.
Podkast yozilgan sana: 21 - Dekabr 2024 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.
