Episodes

Saturday Nov 06, 2021
11 - Rivojlanishdan avval shikastlangan ekologiya
Saturday Nov 06, 2021
Saturday Nov 06, 2021
O'zbekiston qanday qilib rivojlanishdan avval ekologiya, atrof-muhitga zarar yetkazishda "erishdi?" Daraxtlar, ko'llar va bo'glarning muhimligi haqida avvalroq gaplashgan bo'lsakda, oxirgi 2-3 kun mobaynida mamlakat chang-bo'ron oqibatlari bilan yashayotgan paytda ushbu mavzuga yana bir bor to'xtalishga qaror qildik.

Wednesday Nov 03, 2021
10 - Grin karta - raqamlar, sabab va oqibatlari haqida
Wednesday Nov 03, 2021
Wednesday Nov 03, 2021
Ushbu epizodda biz Grin karta, mehnatga layoqatli ishchi kuchining qancha qismi ketishga "moyil", uning sabab va oqibatlari haqida gaplashdik.

Wednesday Jun 16, 2021
Wednesday Jun 16, 2021
Agar to’rt oy ichida bir mamlakatda ikkita Boeing samolyoti falokatga uchrasa, necha hafta motam tutilar edi? Nega yo’llarni kengaytirish tirbandlikni qisqartirmaydi, balki aksincha ko’paytiradi? Yo’llarda va shaharsozlikda tartibga kelishida hokimlarning saylanishi muhimligi qanday?
Shu va boshqa savollar haqida suhbat.

Monday Apr 19, 2021
8 - Fiskal siyosat va davlat xarajatlari
Monday Apr 19, 2021
Monday Apr 19, 2021
Podkastimizning navbatdagi epizodi fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi haqida bo'ldi.

Wednesday Apr 14, 2021
7 - Xabar beruvchilar va hushtakni chalish haqida
Wednesday Apr 14, 2021
Wednesday Apr 14, 2021
Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi.
Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik.
Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firibgarlik faoliyatlarini aniqlash va fosh qilishda xabar beruvchilarning o’rni, rag’batlar va guvohlarni himoya qilish tizimlari kabi mavzularda gaplashdik.

Sunday Mar 07, 2021
6 - Korrupsiya haqida
Sunday Mar 07, 2021
Sunday Mar 07, 2021
Korrupsiya, uning sabab, oqibatlari, yechimlari va hamda iqtisodiy taraqqiyot haqida suhbat. Mehmonimiz Nodir aka Zakirov huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.

Tuesday Feb 09, 2021
5 - Davlatning ishtiroki va aralushivi aynan kerak bo'lgan holat
Tuesday Feb 09, 2021
Tuesday Feb 09, 2021
Biz davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotda aralushivi haqida ko'p gapiramiz. Shunday soha borki, unda davlatning ishtiroki, aralashuvisiz natijaga erishib bo'lmaydi. Ushbu epizodda ijtimoiy tovar va xizmatlar, shu jumladan, toza havo, suv va shahar parklarini aholiga ta'minlashda haqida suhbatlashdik.

Saturday Feb 06, 2021
4 - Bozor iqtisodiyoti va markaziy boshqaruv: vaktsina birinchi kimga tegishi kerak?
Saturday Feb 06, 2021
Saturday Feb 06, 2021
Ushbu epizodda bozor va buyruqbozlik iqtisodiyotlarii sharoitida Covidga test, vaktsina, byurokratiya haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, fitna nazariyasi, u qayerdan chiqib kelishi mumkinligi haqida ham gap boradi. Obuna bo'ling, ulashing.

Wednesday Jan 20, 2021
3 - Podkast qaytmoqda: "Big tech", Facebook, Tramp va so'z erkinligi haqida
Wednesday Jan 20, 2021
Wednesday Jan 20, 2021
1.5 yarim yillik tanafusdan so'ng podkast qaytmoqda. Biroz yangiroq formatda, Botir Kobilov va Behzod Hoshimov birgalikda ma'lum bir aktual mavzu bo'yicha muntazam ravishda suhbat olib boradilar. Hozircha har hafta. Ushbu epizodda "big tech", Facebook ustidan sud ishi, ushbu sohadagi raqobat, Tramp va so'z erkinligi haqida gap boradi.
Obuna bo’ling.

Saturday Aug 31, 2019
2 - Savdo va protektsionizm (2-qism)
Saturday Aug 31, 2019
Saturday Aug 31, 2019
Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Ikkinchi qism.