
50.6K
Downloads
68
Episodes
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.
Episodes

Jan 10, 2023
Jan 10, 2023
55 min
Bugungi epizodda qarorlarni niyati bilan emas, biz xohlamagan asoratlarini va oqibatlarini o’rganishimiz kerakligi haqida suhbatlashdik.

Jan 4, 2023
Jan 4, 2023
1 hr 35 sec
Insonlar ishonadigan va dunyoni tushunish uchun foydalanadigan narrativlar (rivoyatlar, hikoyalar) ularning dunyoqarashiga va iqtisodiy xatti-harakatlariga bevosita ta'sir qiladi. Narrativlarga insonlar hissiy jihatdan jalb qilinadilar, va faktlarni tanqidiy baholash ehtimoli kamayadi. Bugungi dasturda narrativlar qanday paydo bo'ladi, qanday tarqaydi, bunda inson psixologiyasi qanday o'rin egallaydi va bu narrativ-hodisalar haqida qanday fikr yuritishimiz mumkinligi haqida bir qator misollar keltirib suhbatlashdik. Umid qilamizki sizga ham qiziq bo'ladi.

Nov 23, 2022
Nov 23, 2022
55 min
Fitna nazariyasi o'zi nima? Ular qachon paydo bo'ladilar? Kim ularni tarqatadi va kimlar ularga ishonadi? Fitna nazariyalariga kim ishonishini qanday shaxsiy xususiyatlar tushuntirishi mumkin? Shu savollarga javob topish uchun avval o'zimiz mustaqil ravishda izlanib, o'qib ko'rdik va podkast doirasida topilmalarimiz bilan ulashdik, suhbatlashdik. Ba'zi savollar haligacha ochiq qoldi. Epizodda yangragan savollarga sizda javob bo'lsa, marhamat, izohlarda yozib qoldiring, albatta o'qiymiz!

Oct 8, 2022
Oct 8, 2022
48 min
Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.

Sep 28, 2022
Sep 28, 2022
1 hr 20 min
Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, to'satdan ko'paygan migratsiya oqimining narxlar, fiskal siyosatga ko'rsatishi mumkin bo’lgan ta'sirlarga ham to'xtaldik.
Podkast olingan sana: 27 — Sentyabr, 2022

Sep 14, 2022
Sep 14, 2022
1 hr 8 min
Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi haqida ham suhbatlashdik.

Sep 4, 2022
Sep 4, 2022
1 hr 9 min
Epizod boshida mustaqillik haqida qisqa suhbatlashdik. Ayting-chi, siz uchun mustaqillik nimani anglatadi? Izohlarda yozib qoldiring. Bu safargi suhbatimiz Baydenning aholida yigʻilib qolgan talabalik kreditlarining maʼlum qismidan voz kechish haqidagi qarori, uning mohiyati, koʻlami, taʼsiri haqida boradi. Bu mavzu umuman imtiyozlar, byudjet, fiskal siyosat mavzulariga juda yaqin. Oʻzbekistondagi taʼlimga imtiyoz haqida ham biroz gaplashdik. Jazo muqarrarligi haqidagi mavzu haqida alohida epizodda gaplashamiz, vaqt yetmay qoldi, har doimgidek:)
Podkast olingan sana: 2 — Sentyabr, 2022

Aug 19, 2022
Aug 19, 2022
53 min
Bu safargi suhbatimiz ko’pchilik uchun tanish bo’lgan mavzu haqida. Istalgan xalqaro musobaqada qatnashadigan va g’olib bo’ladigan o'zbekistonliklar atrofida kun tartibiga chiqadigan asosiy mavzu bu g’oliblarga qanday sovrin berilishi. Suhbat siz ko’p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulari atrofida boradi.

Aug 13, 2022
Aug 13, 2022
1 hr 23 min
Bu epizoddan boshlab podkastimiz video formatda ham olib boriliadi. YouTubeda ko'rin va obuna bo’ling. Bugun, yo’llardagi tirbandlikning yechimi, sud hokimiyatining mustaqilligi naqadar muhimligi va AQShda inflyatsiya darajasini jilovlashga qaratilgan qonun aslida nimalarni o’z ichiga olganligi haqida suhbatlashdik.
Podkast olingan sana: 12 - Avgust, 2022

Jul 12, 2022
Jul 12, 2022
39 min
Oqibatlar bilan kurashish, bank xizmatlari bu davlat xizmatlari emasligi, naqd pulga bo'lgan talab va boshqalar haqida
