
50.6K
Downloads
68
Episodes
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.
Episodes

Apr 19, 2021
Apr 19, 2021
49 min
Podkastimizning navbatdagi epizodi fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi haqida bo'ldi.

Apr 14, 2021
Apr 14, 2021
55 min
Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi.
Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik.
Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firibgarlik faoliyatlarini aniqlash va fosh qilishda xabar beruvchilarning o’rni, rag’batlar va guvohlarni himoya qilish tizimlari kabi mavzularda gaplashdik.

Mar 7, 2021
Mar 7, 2021
51 min
Korrupsiya, uning sabab, oqibatlari, yechimlari va hamda iqtisodiy taraqqiyot haqida suhbat. Mehmonimiz Nodir aka Zakirov huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.

Feb 9, 2021
Feb 9, 2021
38 min
Biz davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotda aralushivi haqida ko'p gapiramiz. Shunday soha borki, unda davlatning ishtiroki, aralashuvisiz natijaga erishib bo'lmaydi. Ushbu epizodda ijtimoiy tovar va xizmatlar, shu jumladan, toza havo, suv va shahar parklarini aholiga ta'minlashda haqida suhbatlashdik.

Feb 6, 2021
Feb 6, 2021
41 min
Ushbu epizodda bozor va buyruqbozlik iqtisodiyotlarii sharoitida Covidga test, vaktsina, byurokratiya haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, fitna nazariyasi, u qayerdan chiqib kelishi mumkinligi haqida ham gap boradi. Obuna bo'ling, ulashing.

Jan 20, 2021
Jan 20, 2021
50 min
1.5 yarim yillik tanafusdan so'ng podkast qaytmoqda. Biroz yangiroq formatda, Botir Kobilov va Behzod Hoshimov birgalikda ma'lum bir aktual mavzu bo'yicha muntazam ravishda suhbat olib boradilar. Hozircha har hafta. Ushbu epizodda "big tech", Facebook ustidan sud ishi, ushbu sohadagi raqobat, Tramp va so'z erkinligi haqida gap boradi.
Obuna bo’ling.

Aug 31, 2019
Aug 31, 2019
31 min
Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Ikkinchi qism.

Aug 20, 2019
Aug 20, 2019
40 min
Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Birinchi qism.
