Episodes

Thursday May 22, 2025
52 - Texas yo'llarida jonli suhbat
Thursday May 22, 2025
Thursday May 22, 2025
Podkastimizning navbatdagi epizodi biroz noodatiy bo‘ldi. Biz suhbatni AQShning Texas shtatida, yo‘lda ketayotib, avtomobilda jonli ravishda yozib oldik. Texasga ilk bor tashrif buyurgan Behzod o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida shtat iqtisodiyoti, nimaga insonlar va korxonalar boshqa shtatlardan Texasga ko‘chayotgani, buning sabablari va xususiyatlari haqida fikr almashdik. Tabiiyki, AQShda hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlar, xususan savdo siyosati haqida ham to‘xtaldik.
Podkast yozilgan sana: 13 - May 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Monday Apr 07, 2025
51 - Ozodlik kuni (Liberation day)
Monday Apr 07, 2025
Monday Apr 07, 2025
Shu yilning 2-aprelini Prezident Tramp "Ozodlik kuni" deb e'lon qildi va shu kuni keng ko'lamli tariflarni e'lon qildi. Bu qarorning tarixi, mohiyati, mantig'i va ta'siri haqida gaplashdik.
1930 yillardagi savdo urushini qo'zg'atgan va Buyuk Depressiyani chuqurlashtirgan deb esdan qolgan Smut-Houli paytidan beri mamlakat bunday tariflarni hali boshdan kechirmagan edi.
Podkast yozilgan sana: 7 - Aprel 2025 yil.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Monday Mar 24, 2025
Monday Mar 24, 2025
Ushbu epizodda mamlakatimizda havoda va yerda yo'lovchi tashish sohasi, undagi bozorning kichikligi, faoliyat olib boradigan mahalliy, davlat va xorij korxonalari, chiptalar sotuvi, va boshqa mavjud muammolar haqida gaplashdik. Suhbat davomida o'zimiz va boshqalarning tajribalari bilan bo'lishdik.
Podkast yozilgan sana: 23 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Monday Mar 17, 2025
49 - O'zbekistonga xitoylik ishbilarmonlar tahdidmi?
Monday Mar 17, 2025
Monday Mar 17, 2025
Ushbu epizodda O'zbekistonga xorijlik, shu jumladan xitoylik investorlarning kelishi, sarmoya qilishi va tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari haqida suhbatlashdik. Nima uchun xitoylik ishbilarmonlar O'zbekistonga tahdid emasligi, bozorimiz kengayishi, raqobat jadallashishi va o'yin qoidalari barchaga bir xil tadbiq etilishi haqida gaplashdik.
Podkast yozilgan sana: 17 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Monday Dec 30, 2024
48 - Axborot assimetriyasi
Monday Dec 30, 2024
Monday Dec 30, 2024
Ushbu epizodda iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarda ko'p ishlatiladigan va biz kundalik hayotimizda ko'p to'qnashadigan holat - axborot assimetriyasi haqida suhbatlashdik. Axborot assimetriyasi bir tomonning (masalan, sotuvchi yoki xaridor) boshqa tomonga qaraganda ko‘proq yoki yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishi holatini anglatadi. Ushbu nomutanosiblik tufayli bozorlar samarali ishlamay qolishi yoki bir tomon zarar ko‘rishi mumkin. Suhbat davomida nazariya va ko'p misollar keltirildi, masalan, avtomobil bozori, sug'urta, tibbiyot, mehnat bozori, moliyaviy bozorlar.
Podkast yozilgan sana: 21 - Dekabr 2024 yil. Toshkent shahri.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.

Monday Dec 23, 2024
47 - Donald Tramp prezident. Endi nima bo'ladi?
Monday Dec 23, 2024
Monday Dec 23, 2024
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi oqibatlari va Donald Tramp prezidentligida nimalarni kutish kerakligi haqida bo'ldi.
Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2024 yil.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.

Tuesday Nov 05, 2024
Tuesday Nov 05, 2024
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi. Epizodda avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi haqida gaplashdik. Suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy dasturlari haqida batafsil to'xtaldik.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Podkast yozilgan sana: 28 - Oktyabr 2024 yil.

Tuesday Oct 15, 2024
45 - So’m erkinligiga yetti yil bo'ldi
Tuesday Oct 15, 2024
Tuesday Oct 15, 2024
2017 yilning sentyabr oyida o'tqazilgan O'zbekistondagi valyuta islohotiga bu yil roppa-rosa 7 yil bo'ldi. Bu epizodda biz milliy valyutamiz so'm, "valyuta konvertatsiya"si yopiqligi paytidagi va undan keyingi vaziyat haqida suhbatlashdik.
Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.
Podkast yozilgan sana: Sentyabr 2024.

Friday Jul 12, 2024
44 - Moliya va bank tizimining iqtisodiy rivojlanishdagi o'rni
Friday Jul 12, 2024
Friday Jul 12, 2024
Ushbu epizod noan'avaniy tarzda, ya'ni Toshkent shahrida jonli yozildi. Muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi.
Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.
Podkast yozilgan sana: 26 - Iyun 2024.

Tuesday Jun 04, 2024
43 - Sanoat siyosatining qaytishi
Tuesday Jun 04, 2024
Tuesday Jun 04, 2024
Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik.
Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app.
Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024.