
50.5K
Downloads
68
Episodes
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.
Episodes

Dec 8, 2023
Dec 8, 2023
1 hr 19 min
Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida.
Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida.
Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada.
Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023

Nov 7, 2023
Nov 7, 2023
1 hr 2 min
Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik.
Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales
Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023

Sep 22, 2023

Sep 1, 2023
Sep 1, 2023
56 min
Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya’ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta’siri, va kapital bozor qanday sharoitlarda rivojlanishi haqida ham suhbatlashdik.
Podkast yozilgan sana: 5 — Avgust, 2023

Aug 14, 2023
Aug 14, 2023
59 min
Bugungi epizodimiz qimmatli qog'ozlar bozori haqida bo'ldi. Fundamental tushunchalar - fond bozorida korxona aksiyasi qanday shakllanishi va narxi nimalarga qarab tebranishi haqida suhbatlashdik. Bozorda muhim funksiyani bajaradigan izlanuvchi/tadqiqotchi moliyaviy jurnalistlar va "short-seller" haqida ham suhbatlashdik. So'ng, individual aksiyalarni sotib olish kerakmi, bunday qaror chiqarishda ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuenserlar maslahatiga tayanish kerakmi degan savollar atrofida munozara qildik. Birimizning ilmiy tadiqotimiz ham aynan shu mavzularga oid.
Aytgancha, biz podkastimizning to'rt yilligini nishonlayapmiz. Hammasi roppa-rosa to'rt yil oldin, avgust oyining boshlarida aynan shu binoda (Garvardda) boshlangan edi. Bugun aynan shu yerdan sizlar uchun yangi epizodni yozdik. 4 yil oldin biz faqat audio formatda va Telegramda boshlagan bo'lsak, keyin biz barcha audio platformalarda, hozir esa Youtubeda video formatdamiz. Shu davr mobaynida bizni tinglab va qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

Jul 25, 2023
Jul 25, 2023
1 hr 28 min
Podkastimizning ushbu epizodi suv haqida. Nafaqat O'zbekistonda balki mintaqamizda suv, ayniqsa ichimlik suv masalasi juda dolzarb bo'lib bormoqda. Asosan iqtisodiy nuqtai nazardan muammo va yechimlar atrofida suhbatlashib, suvning taqchilligi, yetqazish jarayoni va iste'moldagi isrofi, taqsimlash va narxlash siyosatlari haqida ham gaplashdik. Podkast olingan sana: 18 — Iyul, 2023

Jul 5, 2023
Jul 5, 2023
58 min
Podkastimizning navbatdagi epizodida Amerikada hozirda biz kuzatayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nazardan anti-amerikanizm sentimenti haqida suhbatlashdik. Bu fenomen ayniqsa texnologiyalar sohasida faoliyat olib boradigan va jamoatchilikda ko'zga ko'ringan tadbirkorlar va investorlarda kuzatilmoqda. Tashqaridagi anti-amerikanizm emas, aynan ichkaridagi anti-amerikanizmning sababi nima degan savol suhbatimizning markazida bo'ldi.
Podkast olingan sana: 27 — Iyun, 2023
Podkastga yordam: https://www.buymeacoffee.com/uzbekonomics

Jun 16, 2023
Jun 16, 2023
1 hr 12 min
Podkastimizning navbatdagi epizodida banklardan pul qochishi sabablari, mohiyati va oqibatlari haqida suhbat qildik. Bunda regulyatorning o'rni, rag'batlar tizimi, va depozitlarni sug'urtalashning sabablari haqida ham gaplashdik.
Suhbat davomida yaqinda inqirozga uchragan AQShdagi Silicon Valley Bank va First Republic Banklar voqealari, ularning hal bo'lishidagi federal hukumatning o'rni va kelajakdagi rag'batlar haqida ham to'xtalib o'tdik. Bundan tashqari, hozirgi davrda bank inqirozida ijtimoiy tarmoqlar, va depozitlarning mobilligi alohida o'rin egallashi haqida to'xtaldik. Aytgancha, bu yil Nobel sovrinini iqtisodchilar aynan shu mavzudagi tadqiqotlari uchun olgan edilar.

Apr 24, 2023
Apr 24, 2023
1 hr 28 min
Podkastimizning navbatdagi epizodida sun’iy intellekt va bashorat mashinalari, ularning istiqbollari, iqtisodiyotga, mehnat bozoriga, tadbirkorlikka va jamiyat kundalik hayotiga ta’siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, sun’iy intellektning ba'zi salbiy ta’siri haqida ham suhbatlashdik. Ikkalamiz bu mavzuga alohida tayyorlanganligimiz sababli suhbat o’zimizga ham qiziq bo’ldi. Umid qilamizki sizga ham. Sun’iy intellekt sohasida jarayonlar tez ro’y berayotgani uchun bu keng mavzuga kelajakdagi epizodlarda albatta qaytamiz.

Jan 17, 2023
Jan 17, 2023
53 min
Bugungi epizodda to’ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig’i haqida suhbatlashdik. To'y xarajatlari va boshqa hashamatli tovarlar va xizmatlarning iste'moli insonlarning jamiyatdagi o'z ijtimoiy-iqtisodiy mavqeilarini, pog'onadagi o'rinlarini ko'rsatishning bir usuli sifatida qaralishi mumkin.
